Muhandislik tarmoqlari va infratuzilma

Ishonchli va samarali muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish har qanday zamonaviy obyektning xavfsizligi va funksionalligining asosidir. Biz tizimlarning to‘liq integratsiyasini ta’minlagan holda, barcha ichki va tashqi infratuzilmani kompleks loyihalashtirishni taklif etamiz.

Biz quyidagi tizimlarni loyihalashtiramiz:

  • Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari;
  • Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish tizimlari;
  • Milliy va xalqaro me'yorlarga muvofiq yong‘inni o‘chirish tizimlari;
  • Kuchsiz tok tizimlari (aloqa, xavfsizlik, avtomatlashtirish);
  • Tashqi muhandislik tarmoqlari.

Ishga yondashuvimiz:

Har bir tizimni ishlab chiqish uchun bizda ixtisoslashtirilgan bo‘limlar mavjud (Isitish, ventilyatsiya va sovutish; Suv ta’minoti va kanalizatsiya; Yong‘in va kuchsiz tok tizimlari).. BIM-modellashtirishdan foydalangan holda,biz loyihalash bosqichidayoq tarmoqlar o‘rtasida aniq muvofiqlashtirishni va ziddiyatlar (kolliziyalar) yo‘qligini ta’minlaymiz. Bu joyni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va montaj tezligini oshirish imkonini beradi.

Bizning barcha muhandislik tizimlari loyihalarimiz ShNQ va QMQ talablariga javob beradi hamda davlat ekspertizasidan muvaffaqiyatli o‘tadi.

x
«GEOPRO CO» MChJ — 2019-yildan buyon kompleks muhandislik-loyihalash hamda xorijiy loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi me’yorlariga moslashtirish sohasidagi ishonchli hamkoringiz.
Manzil
Toshkent sh., 100000; M. Ulug‘bek tumani, Bo‘zbozor 1-tor ko‘chasi, 30-uy
Telefon
+998 71 268-39-45
Ish tartibi
9 00 dan 18 00 gacha dushanba-juma,
shanba 9 dan 15 00 gacha
Yakshanba kuni yopiq
x

Arizani qoldiring

So'rov qoldiring va bizning menejerlarimiz albatta siz bilan bog'lanishadi