Har qanday murakkablikdagi obyektlarni kompleks loyihalashtirish
135 nafardan ortiq mutaxassisdan iborat jamoamiz sanoat, fuqarolik va energetika obyektlari loyihalarini amalga oshiradi, shuningdek, xorijiy loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi me‘yorlariga moslashtiradi.
BIM-loyihalash: Sifat va tezlikni oshiramiz
Biz aniq, sifatli hamda muddati va qiymati optimallashtirilgan loyiha yechimlarini yaratish uchun axborot modellashtirish (BIM) texnologiyalarini joriy etmoqdamiz.
“Tayyor holda topshiriladigan” kompleks yechimlar
Sifat va ishonchlilik kafolati
Zamonaviy BIM-texnologiyalar
Xorijiy loyihalarni moslashtirish
Xizmatlarimiz
Bizning loyihalarimiz
Bizning hamkorlarimiz





















Har bir loyihada professionallik, mas’uliyat va sifat
«GEOPRO CO» MChJ — 2019-yilda tashkil etilgan loyiha tashkiloti bo‘lib, bugungi kunda 135 nafardan ortiq mutaxassisni o‘z jamoasiga birlashtirgan. Biz sanoat, fuqarolik va energetika obyektlarini kompleks muhandislik-loyihalashga hamda xorijiy loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi me’yorlariga moslashtirishga ixtisoslashganmiz.
Kompaniyamiz seysmik faol hududlarda (8-9 ball) yuqori murakkablikdagi obyektlarni loyihalashga alohida e’tibor qaratadi. Tajribamiz va aniq muhandislik hisob-kitoblari eng murakkab sharoitlarda ham konstruksiyalarning tasdiqlangan ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Zamonaviy BIM-texnologiyalarini qo‘llagan holda, biz konsepsiya ishlab chiqishdan tortib mualliflik nazoratigacha bo‘lgan “tayyor holda topshiriladigan” kompleks yechimlarni taklif etamiz. Asosiy maqsadimiz – xalqaro me‘yorlarga (QMQ, ShNQ, NFPA, ISO) muvofiqlik va barcha loyihalar bo‘yicha davlat ekspertizasidan muvaffaqiyatli o‘tish orqali erishiladigan tasdiqlangan sifat va ishonchlilikni ta’minlashdir.





